elchi

Shaharlararo jo'natmalar

Har kuni minglab mashina bo'sh bagaj bilan yo'lga chiqadi.

Elchi jo'natmangizni aynan o'sha yo'nalish bo'ylab ketayotgan tekshirilgan haydovchi bilan bog'laydi. Narxni haydovchilar taklif qiladi — tanlovni siz qilasiz.

Yo'nalish Masofa
ToshkentSamarqand300 km
ToshkentNamangan290 km
ToshkentFarg'ona320 km
ToshkentAndijon370 km
SamarqandBuxoro270 km
ToshkentQarshi520 km
ToshkentBuxoro570 km
ToshkentNukus1150 km

Barcha viloyat markazlari o'zaro — to'liq ro'yxat ilovada.

Jarayon

Buyurtmadan yetkazishgacha

To'rt qadam. Har bir bosqichda buyurtma holati yangilanadi va sizga bildirishnoma keladi.

01

E'lon berasiz

Qayerdan qayerga, nima jo'natilishi va qabul qiluvchining raqami.

02

Takliflar keladi

O'sha yo'nalishga ruxsat olgan haydovchilar o'z narxini yozadi.

03

Haydovchini tanlaysiz

Reyting, avtomobil va narxni ko'rib, bittasini tasdiqlaysiz.

04

Yetkazib beriladi

Olindi, yo'lda, yetkazildi — holatni kuzatib turasiz. To'lov naqd.

Kimlar uchun

Ikki tomon, bitta ilova

Jo'natuvchilar uchun

  • Hujjatlari tekshirilgan haydovchilar bilan ishlaysiz
  • Narxni bir nechta taklifdan tanlaysiz, savdolashish shart emas
  • Jo'natma holati har bosqichda yangilanadi
  • Yetkazilgach haydovchiga baho qoldirasiz
  • Nizo chiqsa, operator ko'rib chiqadi

Haydovchilar uchun

  • Allaqachon rejalashtirgan safaringizdan daromad
  • Faqat o'zingiz tanlagan yo'nalishlar bo'yicha buyurtmalar
  • Narxni o'zingiz taklif qilasiz
  • Bir martalik hujjat tekshiruvi, keyin bemalol ishlaysiz
  • Bajarilgan buyurtmalar va reyting profilingizda

Ishonch

Nega tanish yo'lovchidan ko'ra xavfsizroq

Odatda jo'natma bekatda topilgan mashinaga beriladi — na hujjat, na kafolat. Elchi shu jarayonni yozib boradi.

  • Haydovchi pasporti va guvohnomasi qo'lda tekshiriladi
  • Har bir holat o'zgarishi vaqti bilan saqlanadi
  • Jo'natuvchi ham, qabul qiluvchi ham xabardor qilinadi
  • Shikoyat bo'yicha operator aralashuvi mumkin